5 vaqt namoz farzni inkor qiluvchi

Assalomu alaykum! Qur’on tafsirlarini bilmasligimdan bir Turkiyadagi do‘stimning savoliga to‘liq javob bera olmadim. Do‘stim mo‘minlarga farz bo‘lgan namoz xaqida savol so‘radi. Aytishicha shom namozini turklar bilan ado qilib bo‘lgach, bir gramotnыy turk kishi do‘stimdan:nega besh vaqt namoz o‘qishasan? deb so‘rabdi. Do‘stim :xa 5 faqt namoz farzligi uchunda. deb javob bersa, turk : Qur’onda 3 mahal namoz buyurilganu deb (Xud sura 114-oyat) dagi :Kunduzning ikki tarafidagi va kechaning bir qismidagi namozni to‘kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa eslovchilarga eslatmadir: oyatini va (Isro surasi 78 oyat) dagi :Quyosh og‘ushidan to tun qorong‘usigacha namozni to‘kis ado et. <Fajr Qur’oni>ni ham. Albatta <fajr Qur’oni> shohid bo‘linadigandir: yana (Baqara surasini 238 oyati) :Namozlarni va o‘rta namozlarni muhofaza eting. Va Alloh uchun chin dildan, qo‘rquv ila qoyim bo‘ling. Oyatlarini javobi tariqasida menga yo‘llabdi. Bilib bilmay noto‘g‘ri javob berishdan qo‘rqdim. Va qisqacha Muhammad sollallohu alayhi vasallam Me’rojga chiqqanini, Alloh 50 vaqt namozni farz qilganini, 6 osmonda Muso Kalumullox alayhissalom qayta-qayta engillik so‘rab tushishini aytib yana Alloh xuzuriga chiqarganini, oxiri 5 vaqtdan farz qilinganidan keyin xijolat bo‘lgani va Alloh Azza va Jalla 5 vaqt namozga 50 vaqt namozni savobini berishini aytdim. Lekin do‘stim Qur’onga e’tibor qaratyapti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunaqalar kabi o‘zlarini Qur’oniyman degan firqa chiqqan. Ular dinimizda murtad hisoblanishadi. Qur’ondan boshqasini dalil qilmaymiz deyishadi. U kabilar o‘ta-o‘ta ahmoqonaki Qur’onda namoz o‘qi va ro‘za tut deyilgan xolos. Boshqa barcha namoz va ro‘zaga qarashli amallar hadislarda kelgan. Ba’zilari mutavotir, ularni inkor qilgan kishi shariatimizda kofir deyiladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar