Namozga kech qolganda sanoni aytish

Assalomu alaykum! Masjidda jamoatga kech qolgan inson sano duosini o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Iqtido qilganidan keyin sano o‘qish darajadagi vaqt bo‘lsa, sanoni o‘qiydi. Jahriy namozlarda imom qiroat qilayotganida ham sano o‘qilmaydi. Agar iqtido qilishi bilan sano sig‘maydigan vaqt o‘tib jamoat ruku’ga ketsa, u ham ruku’ga boradi va rak’at qoldirgan bo‘lsa turib o‘zi o‘qiyotganda sano o‘qiydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar