Ro‘za bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Nafl ro‘za tutmoqchi bo‘lgan kishi niyatni tong otgandan keyin qilsa ham bo‘laveradi deb o‘qidim savollarning birida. Men ro‘za tutaman ertaga in shaa Alloh deymanu, lekin agar saharlikka tursam o‘shanda niyat qilarman deb uxlayman, va ertasi kuni bodod namozida turaman, va niyat qilib olaman. Lekin 3-4 soatlardan keyin ro‘za tutganligim esimdan chiqib, nonushtani to‘liq qilib olayapman. Esida yo‘q bo‘lsa ro‘za ochilmasligini bilaman, ammo bu holatda hammi? Agar bu ro‘za qasamning kafforoti uchun bo‘lsachi (yoki nafl bo‘lsa ham)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ro‘zador esida yo‘q biror narsani eb-ichganida esiga tushishi bilan to‘xtatib og‘zidagini tuflab yuborsa ro‘zasi durust bo‘ladi. Agar esingizga tushgandan keyin ham eb-ichishda davom etsangiz ro‘za buzilib, zimmangizga qazosi vojib bo‘ladi. Kafforat ro‘zasini buzgan kishi kafforatni boshidan qaytadan tutib beradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za