Kokil haqida

Assalomu alaykum! Sizlarga Alloh kuch quvvat ato etsin. Sizlardan iltimos qidirib shu savolimga javob topa olmadim. Hozir homiladorman. Onam ziyoratga borganlarida tug‘ilajak bola uchun kokil atab kelibdilar. Kokil atalgan joyga bola tug‘ilgach borib jonliq so‘yib qozon qaynatilar ekan. Man shirk bo‘lsa kerek bu ish desam unaqa emas deydilar. Turmush o‘rtog‘im bunaqa narsalar uchun qarshilar. Shu holat dinimizda shirk keltirish bo‘lib qomidimi va biz qandey yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qilish shirk hisoblanadi. Aslo qo‘l urmaslik kerak. Allohdan boshqa uchun jonliq so‘yilsa go‘shti ham halol bo‘lmaydi. Onangiz noto‘g‘ri ishni qilibdi, tavba qilishlari shart. Shariatimizda kokil sifatida soch qo‘yishdan qaytarilgan. * Qaza’ – sochning bir qismini oldirib, bir qismini qoldirish. Bu asosan bolalarda qilingan. Bu ish g‘ayridinlarning odati bo‘lgani va xilqatni o‘zgartirishga o‘xshagani uchun undan qaytarilgan. حَدَّثَنِي مُحَمَّدٌ قَالَ: أَخْبَرَنِي مَخْلَدٌ قَالَ: أَخْبَرَنِي ابْنُ جُرَيْجٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللهِ بْنُ حَفْصٍ: أَنَّ عُمَرَ بْنَ نَافِعٍ أَخْبَرَهُ، عَنْ نَافِعٍ مَوْلَى عَبْدِ اللهِ أَنَّهُ سَمِعَ ابْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَنْهَى عَنِ الْقَزَعِ. قَالَ عُبَيْدُ اللهِ: قُلْتُ: وَمَا الْقَزَعُ؟ فَأَشَارَ لَنَا عُبَيْدُ اللهِ قَالَ: إِذَا حَلَقَ الصَّبِيَّ وَتَرَكَ هَا هُنَا شَعَرَةً وَهَا هُنَا وَهَا هُنَا. فَأَشَارَ لَنَا عُبَيْدُ اللهِ إِلَى نَاصِيَتِهِ وَجَانِبَيْ رَأْسِهِ. قِيلَ لِعُبَيْدِ اللهِ: فَالْجَارِيَةُ وَالْغُلَامُ؟ قَالَ: لَا أَدْرِي هَكَذَا قَالَ الصَّبِيِّ. قَالَ عُبَيْدُ اللهِ: وَعَاوَدْتُهُ، فَقَالَ: أَمَّا الْقُصَّةُ وَالْقَفَا لِلْغُلَامِ فَلَا بَأْسَ بِهِمَا، وَلَكِنَّ الْقَزَعَ أَنْ يُتْرَكَ بِنَاصِيَتِهِ شَعَرٌ، وَلَيْسَ فِي رَأْسِهِ غَيْرُهُ، وَكَذَلِكَ شَقُّ رَأْسِهِ هَذَا وَهَذَا Menga Muhammad so‘zlab berdi: «Menga Muxallad xabar qildi: «Menga Ibn Jurayj xabar qildi: «Ubaydulloh ibn Hafs menga xabar qildiki, Umar ibn Nofe’ unga Abdullohning mavlosi Nofe’dan rivoyat qilib xabar qilishicha, u Ibn Umar roziyallohu anhumoning «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qaza’dan qaytarganlarini eshitdim», deyayotganini eshitgan ekan.Ubaydulloh dedi: «Qaza’ nima?» degan edim – Ubaydulloh bizga ishora bilan ko‘rsatdi. – «Bolaning sochini oldirib, mana bu erida, mana bu erida va mana bu erida qoldirsa...» dedi». Ubaydulloh shunday deb, peshonasiga va boshining ikki tarafiga ishora qildi. Ubaydullohga: «Qiz bolaga ham, o‘g‘il bolaga hammi?» deyishdi. U shunday dedi: «Bilmayman, (Umar ibn Nofe’) shunday, ya’ni «bolaning…» deb aytgan. Undan qayta so‘ragan edim, «Ammo o‘g‘il bolaga haydarkokil va ensa sochining zarari yo‘q. Lekin «qaza’» – boshida peshona sochidan boshqasini qoldirmaslikdir. Shuningdeq boshining u er bu erini ochib qo‘yish ham», dedi».حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ الْمُثَنَّى بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ دِينَارٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم نَهَى عَنِ الْقَزَعِ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaza’dan qaytarganlar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar