Tish pastasi tarkibida spirt

Assalomu alaykum! Ko‘pchilik odamlar tish pastasini tarkibini o‘qishmaydi, chunki undagi yozuvlar ham mayda qilib yozilgan, men qizib tarkini o‘qib o‘rgandim unda Benzyl Alkogol qo‘shilishini bilib qoldim va juda qo‘rqib ketdim. Axir butun xalq tish pastalaridan foydalanadi, to‘g‘ri balki boshqa firmalarda qo‘shilmas, lekin men ko‘rgan firma pastasi tarkibida bor edi, lekin bu alkogol odamni mast qilmaydiku, shunga qo‘rqib ishlatishni to‘xtatgan edim. Shu pastalarni ishlatish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Pasta va xushbo‘yliklarga aralashtirilgan spirt shar’an joiz. Dunyo ulamolari ittifoqi shunga fatvo berganlar. Mast bo‘lish uchun tish pastasini eyish joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar