Lo‘ttivoz so‘zi

Assalomu alaykum! Ko‘pchilik “lo‘ttivoz” so‘zini ishlatadi. Shu so‘z menimcha eng yomon so‘z shekilli. Uni manosi nima? Bir tanishim lo‘ttivozlar bu bir xil jins egalari qo‘shilishi deb aytib bergandi. Ya’ni erkak bilan erkak zinosi degan edi. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Lut alayhissalomning qavmi bir xil jinslik bilan shug‘ullangan. Shuni oqibatida oxirida azobga uchrashgan. O‘sha vaqmni ishini qiluvchilarga nisbatan lo‘ttiboz so‘zini ishlatish o‘ta og‘ir jinoyat. Chunki o‘sha ishni Lut alayhissalomga nisbati berilib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu so‘zning talaffuzidan saqlanishmiz kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 220 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar