Nikoh to‘yidagi nahorgi osh
Assalomu alaykum! Aziz va hurmatli ustozlar, yozishga noqulay bo‘ldi lekin yozmasam taskin kerak bo‘ldi. Men Toshkentga ishlash uchun kelganimga 4 yil bo‘ldi. Bu erda do‘st birodar tanishlar orttirdim va to‘ylardagi ba’zi ishlar odamni yoqasini ushlatdi. Alhamdulillah bu erga kelganimdan beri 5 maxal namozimni jamot bilan o‘qiyapman, sunnat va halol luqmaga intilaman. Shu 4 yil ichida deyarli bir marta ham to‘yga bormadim, ba’zilarida yo‘ldan qaytdim. Buni asosiy sabidan biri tanishim uylansa oshni kelin taraf qilib berar ekan. Tanishlarimga buni noto‘g‘riligini aytsam bu erdagi to‘ylarni aksarida shu ahvol deyishdi. Men “ha shunday ekanda deb boravermaymanu” dedim. So‘ramoqchi bo‘lganim shuki shu kabi to‘ylardan xafa qilmasdan to‘g‘ri tushuntirib qolaversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaxshi ish qilar ekansiz. Lekin g‘uluvga ketib u taomlarni harom deb yubormang. Zero taom harom emas. Sizga o‘xshaganlar soni ko‘paysa, odamlar shunga qarab harakat qilishadi. Hamma qilaveryapti deyish “hamma do‘zaxga kirsa men ham birgalikda kiraveraman” deyish kabidir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar