Qustul hindi haqida

Assalomu alaykum! Qustul hindi haqida menga quyidagicha ma’lumot berishdi. Shuni iltimos o‘qib rost yoki yolg‘on ekanligini bilib bering. Ummu Qays Mihsondan: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Mana shu hind yog‘ochini lozim tutingiz, chunki, unda etti xil shifobaxsh modda bor, undan tamoq og‘riganda va zotiljam (pnevmoniya-o‘pkaning infeksion kasalligi, o‘pkaning yallig‘lanishi) bo‘lganda ichmoq mumkindir", deganlarini eshitdim" dedilar. (Ahmad va Buxoriy ). Ibn Hajar rohimahulloh "Fath" da, qolgan besh foydani aytib otganlar: 1) Bavl va hayz kelishini yahshilaydi. 2) Ichak qurtlarini o‘ldiradi. 3) Zaxar va surunkali bezgakni ketkazadi. 4) Ichlarni qizitib, shahvatni kuchaytiradi. 5) Yuzdagi dog‘larni ketkazadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Malumotlar to‘g‘ri. عَنِ الزُّهْرِيِّ قَالَ: أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللهِ بْنُ عَبْدِ اللهِ: أَنَّ أُمَّ قَيْسٍ بِنْتَ مِحْصَنٍ - وَكَانَتْ مِنَ الْمُهَاجِرَاتِ الْأُوَلِ اللَّاتِي بَايَعْنَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَهْيَ أُخْتُ عُكَّاشَةَ بْنِ مِحْصَنٍ – أَخْبَرَتْهُ: أَنَّهَا أَتَتْ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِابْنٍ لَهَا قَدْ عَلَّقَتْ عَلَيْهِ مِنَ الْعُذْرَةِ، فَقَالَ: «اتَّقُوا اللهَ، عَلَى مَا تَدْغَرُونَ أَوْلَادَكُمْ بِهَذِهِ الْأَعْلَاقِ، عَلَيْكُمْ بِهَذَا الْعُودِ الْهِنْدِيِّ، فَإِنَّ فِيهِ سَبْعَةَ أَشْفِيَةٍ، مِنْهَا ذَاتُ الْجَنْبِ». يُرِيدُ الْكُسْتَ يَعْنِي الْقُسْطَ، قَالَ: وَهْيَ لُغَةٌ Zuhriydan rivoyat qilinadi:
«Menga Ubaydulloh ibn Abdulloh xabar qildiki, Ummu Qays bint Mihsanning – U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan, ilk hijrat qilgan ayollardan bo‘lib, Ukkosha ibn Mihsanning opasi edi – unga xabar qilishiga ko‘ra, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga o‘g‘li bilan boribdi. Tomog‘i og‘rigani uchun (tomog‘ini) ezgan ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan qo‘rqinglar! Nega bolalaringizning tomog‘ini bunday ezasiz?! Sizlar mana bu hind cho‘pini ishlatinglar, unda ettita shifo bor. Jumladan, zotiljamga ham», debdilar».
U zot kustni, ya’ni qustni nazarda tutmoqdalar.
(Zuhriy) «Bu ham bir lug‘atdir», dedi.*
* «Bu ham bir lug‘atdir» – «Bu ham shu ma’nodagi so‘zdir» degani. Ya’ni bu so‘z kust deb ham, qust deb ham aytiladi. (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar