Hozirgi holatim

Shayx hazratlari. Men bundan ikki- uch yillar avval ajoyib ruhiy holatga erishgan edim. Namozlarni o‘z vaqtida qiom qilar, masjidga tinimsiz qatnar, Allohdan qo‘rqib yig‘lar, ishtiyoqli, qo‘li ochiq, harakatchan edim. Har bir ishimda Allohni yodimda tutar, uni ko‘rib turganini his qilar edim. Duolarimni ham qabul bo‘layotganini sezar edim. Tushimda ham azon chaqirgan edim. Bir kitobda o‘qishimcha bu inson darajasini oshganidan dalolat ekan, vallohu a’lam. Qur’onni ham yodlashga ishtioqmand edim. Zehnim va hotiram ham o‘tkir edi. Lekin, hozirga kelib, shu ikki- uch yil davomida juda yomon ahvolga tushib qoldim. Men hozir o‘zga yurtda (Yaponiyada) tahsil olyapman. Namozlarga erinchoqlik qiladigan, bomdod tugul peshinga ham erinadigan, hadis yoki Qur’on eshitsam ham ta’siri bo‘lmayapti va birortasini eslab qololmayapman. Bundan tashqari juda ziqna, dunyo matohiga qayg‘uradigan, ilmga ishtiyoqsiz bo‘lib qoldim. Bu universitetdagi baholarimga ham ta’sir qilyapti, fanlarni yahshi o‘zlashtirolmayapman. Hotiram va zehnim juda pasayib ketgandek tuyuladi. Barcha ishni kechiktiraveradigan bo‘lib qoldim. Alloh bilan aloqam uzilib qolgandek bo‘lyapti. Duolarimda ham fikrni bir joyga jamlolmayapman. Qalbim qotib o‘zimni his tuyg‘usiz robotdek his qilyapman. Iltimos hazrat menga hozirgi holatimda maslahat bering. Nima qilay ? Birorta hadis eslab qololmayapman. Iltimos, menga yordam bering. O‘ziz haqqimga duo qiib bering ota- onamni oldiga eng yahshi natijalarga erishib, bilim bian, yuzim yoruq holda qayta olay. Va o‘sha oldingi holatga qaytishni juda xohlardim. Hozirgi holatimning sababi nimada ? Uzr, savolim cho‘zilib ketdi. Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Yaxshi musulmon va muxlis odamlar bilan do‘st bo‘ling. Islomiy kitoblar o‘qing, ma’ruzalar eshiting. Doimo Alloh taoloning zikr qilib yuring. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar