Halol lak
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda halol lak degan tushuncha muslima qizlar orasida urfga kirib kelmoqda. Ularning aytishicha bu lak suv o‘tkazar ekan. Buni ular internetda olimlarning qilgan tajribalari orqali bilishibdi. Bu lakdan foydalanish biz muslimalar uchun qanchalik to‘g‘ri. Uni surgandan keyin tahorat olsak bo‘ladimi? Ba’zi do‘stlarim qo‘llariga oddiy lak surib yurishadi va shu holatlarida tahorat olib namoz oqishida. Aytishicha tahorat olib so‘ng lakni surgan ekan va qolgan tahoratlarida niyat qilib qo‘yar ekan. Unga bu narsa noto‘g‘ri ekanligini tushuntirdim . Lekin u insonlar tahorat olib so‘ng tish (implant) qo‘ydirishadiku . Unda ularning tahorati nima bo‘ladi dedi. Tog‘risi javob bera olmadim chunki sun’iy tish qo‘ydirishdan oldin tahorat olish kerakligi haqida bilmas edim. 2)Agar implant tish qo‘ydirsak tahoratimiz mukammal bo‘lmaydimi? 3) Lak surgandan so‘ng tahorat olayotganda uni o‘chirish kerakligi haqida va agar lak bilan tahorat olsa namozga tasiri qanday bo‘lishi haqida aniq ma’lumatlar keltirib berishingizni so‘rardim. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Mutlaqo noto‘g‘ri.
2). Sun’iy tish qo‘ydirish uchun oldindan tahorat olish shart emas.
3). Bu haqida yuzlab marotaba javob berilgan. Lak qo‘yib qilingan tahorat ham, g‘usl ham o‘tmaydi. Inson o‘z dinini xohishlariga bo‘yinsundirishga harakat qilmasdan, xohishlarini dinga bo‘yinsundirishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 258 | Dolzarb savollar