Arab yozuvida bo‘lmagan suralarni yod olish

Assalomu alaykum! Men qariyb bir yarim yilga yaqin muddat bo‘ldi namoz o‘qib boshlaganimga. Men namozni juda kech o‘qib boshladim, bildimki haqiqatan bu qalb shifosi va insonning doimiy hamrohi ham ekan. Avvaldan o‘qib boshlamaganimga afsus qilayapman. Men arab tilini bilmayman, shu sababdan namozda zikri kelgan suralar va duolarni lotin va kiril harflar bilan bitilgan, elektron va qog‘oz shaklidagi manba’lardan o‘qib yod olganman. Nima maslahat berasiz. Nazarimda arab tili juda qiyindek tuyulayapti, albatta o‘rganib olishga harakat qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilib kirill yoki lotinchada o‘qish shar’an joiz emas. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol» kitobida ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik bu to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Arab harfini o‘rganib oling, hozir bu qiyin ish emas. Ungacha eshitib yodlasa yaxshi, lekin uni ham biror mutaxassisdan tekshirtirib olishi kerak. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar