Balog‘atga etmaganlar namozi
Assalomu alaykum! 8 va 11 yoshli farzandlarim bor. Iqtisoslashgan maktabda o‘qiydi. Maktabdan kech keladi. Kunduzi dam olmagani bois charchab qoladi. Kun qisqargani sari bomdod namoziga turishi qiyin bo‘lyapti. Onalik mehrim sababli rahmim keladi. Uyg‘otmasam gunohkor bo‘lamanmi? Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmasangizda, ularni shunday bo‘lishiga o‘rgatib qo‘yasiz. Siz hozirdan rahmingiz kelib ibodatdan to‘ssangiz vaqtlar o‘tib namozga moslashishga qiynalishadi. Yumshoqlik bilan ularni namozdan bezdirmasdan o‘rgatib boring. عَنْ سَبْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مُرُوا الصَّبِيَّ بِالصَّلَاةِ إِذَا بَلَغَ سَبْعَ سِنِينَ، وَإِذَا بَلَغَ عَشْرَ سِنِينَ فَاضْرِبُوهُ عَلَيْهَا. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَفَرِّقُوهَا بَيْنَهُمْ فِي الْمَضَاجَعِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ Sabra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bola etti yoshga etganda uni namozga buyuringlar. O‘n yoshga etsa, uning uchun uringlar», dedilar».
Boshqa rivoyatda:
«Yotar joylarini ajratinglar», deb ziyoda qilingan.
Abu Dovud, Ahmad va Termiziylar rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda yosh bolalarni islomiy tarbiya qilishda muhim o‘rin tutgan ba’zi narsalar xususida so‘z bormoqda:
1. Etti yoshga etgan bolalarni namoz o‘qishga buyurish.
Bolalarni qiziqtiradigan turli uslublar bilan, yaxshi o‘rnak ko‘rsatib, namozga undash kerak bo‘ladi. Ota-onasining namoz o‘qiyotganini ko‘rgan bola o‘z-o‘zidan ularga taqlid qilib qoladi. Ana shu holatdan unumli foydalanib, bolani to‘g‘ri yo‘lda davom etishini ta’minlashga harakat qilish kerak. Etti yoshga etganda bolaning har namozni o‘qishini kuzatib, o‘qishga amr qilib turish lozim.
2. O‘n yoshga etgan bola namoz o‘qimasa, urish kerak.
Ota-onasining yaxshilik bilan qilgan undovlariga o‘n yoshida ham yurmagan bola urmasa, to‘g‘ri yo‘lga tushmaydi. Ba’zi bolalarning tabiati shunday bo‘ladi. Ular yaxshi gapdan ko‘ra do‘q-po‘pisa bilan oson yo‘lga tushadilar.
3. O‘n yoshga etgan bolalarning yotar joylarini boshqa qilib qo‘yish.
Chunki mana shu davrda ularda jinsiy tomondan uyg‘onish boshlanadi. Alohida yotmasalar, beodoblikka o‘rganib qolishlari mumkin.
Agar har bir oila ushbu nabaviy tavsiyaga amal qilganida, oramizda benamozlar bo‘lmas edi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar