Sharoit taqozo qilganida sunnatni o‘qimaslik
Assalomu alaykum! Men kon ishida ishlayman. Ish joyimda rahbariyatimiz qarshiligiga qaramay namozlarimni ado etib kelayapman. Ammo bu kofir sifatlar menga gapi o‘tmaganidan keyin masjid imomiga murojaat qilishibdi. Masjidimiz imom domlalari esa menga “namozning sunnatini o‘qimay faqat farzini ado etsang ham bo‘ladi, sening sharoitingda bu uzrli hisoblanadi” deyishdi. Ayrim birodarlarim esa, namozimni vaqtini qisqartirishim uchun namozdagi mustahab va sunnat amallarni tark etsam joizligini aytishdi. Men ushbu maslahatlarga amal qilishim lozimmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Lozim emas, lekin favqulodda biror holat yuz bersa farzini bo‘lsa ham qoldirmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Lozim emas, lekin favqulodda biror holat yuz bersa farzini bo‘lsa ham qoldirmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 141 | Namoz