Ustozimizning shogirdlariga iltimos

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozimizning sadoqatli shogirdlari Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan O‘zi rozi bo‘lsin. Kamina muxlisinggiz sizlarga bir iltimos hamda taklif bilan murojaat qilmoqchi edim. Alloh rahmat qilsin ustozimiz qalamlari o‘tkir tolmas olim edilar. Ularning kitoblarini o‘qib ko‘plab foydalarga, xayr-barakaga ega bo‘ldik. Endi ustozimizning bu ishlarini sizlar davom ettirgan holda sizlar ham ko‘plab xalqimizga foydasi tegadigan kitoblarni yozib biz kitobxonlarga taqdim qilsangiz. Avvallambor bu ishdan bizning boshimiz ko‘kka etib insha Alloh ustozimizning ruhlari ham xursand bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Shuningdek yurtimizda olimlar va ilm ahllarining yanada ko‘p bo‘lishini xohlardik. Sizlar ham ustozimizdan olgan bilimlaringgizni, o‘qib-o‘rganganlaringgizni bizlarga ham etkazing. Aminmizki yurtimizdan yana yangi-yangi Buxoriylar, Termiziylar etishib chiqadi. Bizlar ham o‘z duolarimizda Allohdan sizlarga kuch-quvvat so‘rab turamiz insha Alloh.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tashakkur. duoda bardavom bo‘linglar.

26 May 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar