Qiyin ish qilsa ro‘za tutish kerakmi
Assalomu alaykum! Men ustachilik qilaman. Har kuni charchayman. Ishim unaqa og‘ir emas, lekin har kuni ko‘p ish bo‘lganiga qattiq charchayman. Mana yaqinda In shaa Alloh Ramazon oyi kirib keladi. Bir hadisda “Jasadni qiynamasdan ro‘za tutish kerak” deb aytilganakan. Ishim judayam ko‘p bo‘lsa o‘sha kuni ro‘za tutmasam bo‘ladimi? Keyin Dushanba , Payshanba qilib tutib bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmon kishi 11 oy qattiq mehnat qilib, topadiganini topib bir oy ramazonda oxiratdagi maqomini topishi kerak. Usiz ham o‘lib qolmaydigan inson ramazondagi savoblarni qo‘ldan berib, arzimas pulga almashtirsa shuning o‘zi uning mahrumligi hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ramazon ro‘zasini bir kun tutganidan hosil bo‘ladigan savobni ramazondan tashqari bir umr nafl ro‘za tutsa ham erisholmaydi” degan ma’noda hadislari bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za