Shahardagi uyda azon aytish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Beradigan savolim shahardagi uyida namoz o‘qiganda azon aytish hukmi to‘g‘risida. Hozir musofirman, yashaydigan shahrimda bitta masjid bor - uyimdan 4 chaqirimcha masofada joylashgan. Undan yaqinroqda ham - uch kilometrlik masofada ham masjid bor, lekin u boshqa shaharda va hattoki boshqa davlatda joylashgan. Uyimdan turib azonni faqat ba’zi-ba’zidagina eshitib qolaman, lekin bu azon ovozi shu masjidlardan biridan kelyaptimi yoki yaqin atrofdan biror qurilmadan yozuvi qo‘yilganmi aniqlayolmayman. Shaharda masjid borligini inobatga olib uyda namozlarni azon aytmasdan faqat iqomatni aytib o‘qir edim. Lekin yaqinda agar azon ovozi uygacha eshitilmasa o‘zi azon aytishi kerakligi haqida o‘qib qoldim. Mana 9 oydan buyon uyda azon aytmasdan namoz o‘qiyman - buning hukmi qanday? Aslida nima qilishim kerak edi va endi nima qilishim kerak? Hurmatli Shayx Hazratlari, shu savollarga javob olishim juda muhim. Minnatdorchilik ila,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Azon eshitilmasa, o‘zi aytadi. O‘tganlarning hech qisi yo‘q.
1 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Azon eshitilmasa, o‘zi aytadi. O‘tganlarning hech qisi yo‘q.
1 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 159 | Namoz