Qabriston tuprog‘i
Assalomu alaykum! Ayolimning badaniga toshmalar paydo bo‘lib, bundan a’ziyat chekmoqda. Teri kasalliklari shifokoriga murojaat qildik.1 yildan beri qimmat dorilar olib davolanyapti, lekin foydasi bo‘lmayapti. Bir qo‘shnimiz: "Qabristonga cho‘zma pishirib (cho‘zma-xamirdan tayyorlanadigan taom) nazir qiling, so‘ng ular sizga qabristonni tuprog‘ini berishadi. Siz o‘sha tuproqni badaningizga surtasiz, keyin ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz" dedi. Shunday qilsak shariatga zid emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ba’zi bir toshmalarga qabriston tuprog‘ini surtishning dinga hech qanday aloqasi yo‘q. Xamir-cho‘zma pishirishga ham hech qanday aloqasi yo‘q. O‘lik ko‘p ko‘milgan joyning tuprog‘ida chirigan o‘liklardan xosil bo‘lgan fosfor ko‘p bo‘ladi. U narsa ba’zi bir toshmalarga davo bo‘ladi. Bu tibbiyotga tegishli narsa. So‘gal toshayotgan bo‘lsa uning eng oddiy va foydali davosi shotutning bargini uzganida oq sut kabi suyuqli chiqadi. Bir necha kun surtib turilsa o‘z-o‘zidan qurib ketadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 208 | Tabobat