Broyler tovuqlarining halolligi
Broyler tovuqlari so‘yishda halol bo‘lsa-da, keyinchalik tozalanish jarayonida (pati yulinishi oson bo‘lsin uchun, hamma tovuqlar qaynash darajasiga etmagan suvga kirishi va najosatning suvga chiqishi oqibatida) mazkur tovuqlar halollik sifatini yo‘qotishini shu saytdan bildim, alhamdulillah. Tushinishimcha o‘sha tovuq fabrikalar “Halol” tamg‘asini bosishda faqat so‘yilish holatini inobatga olishadi. Chunki YOUTUBEda shu soha bo‘yicha bir necha videolarni o‘rganib chiqdim. Texnologiya deyarli bir xil, ya’ni tovuqlar oxir-oqibat issiq suv to‘la idishga solinib bir oz ushlab turiladi. Savolim shuki, “Halol” tamgasi bosilgan tovuq go‘shti (kolbasa, sosika) larni sotib olgach, uyda ularni bir marta qaynatib keyin sovuganicha qo‘yib qo‘yilsa . Qaynatilgan suv esa to‘kib tashlansa. Shu ish jami uch marta qilinsa, Inshaalloh, shu tovuq go‘sht (kolbasa va sosika) lari yana halol bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha.
1 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha.
1 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar