Kelinning onasidan beshik

Assalomu alaykum! Yaqinda opam farzandli bo‘ladi. Shu bois onam “bolaga beshik, kolyaska, krovat va xk lar berishim kerak” deyaptilar. “Ayoli va farzandlarning nafaqasini berish erning zimmasida” desam ham “baribir beraman, bizning davrda ham buving senga shularni bergan” deyaptilar. Onamga nima deyishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimiz bularning barchasi bolaning otasi zimmasiga vojibligini aytib qo‘ygan. Ba’zi o‘rinlarda kuyov tomon buni qiz tomonning zimmasiga yuklashlarini eshitdik. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, aslini olib qaralganda bir jihatdan zulm va yana boshqa bir jihatdan tilanish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar