VIP ko‘rinishdagi sarroflik
Assalomu alaykum! Ustozlar sarroflikning hukmi qo‘lma-qo‘l bo‘lish sharti bilan joiz deyilgan. Ammo ba’zi jabxalarda, xususan turizm soxasida biz gid(Ekskursovod)lar aksariyat xollarda duch keladigan bir xolat bor. Sayyox kunlik xarajatlari uchun o‘zi pul sarf qilmaydi. Uning xarajatlarini gid so‘mda to‘lab qoplaydi va qilingan bir kunlik xarajatning pulini sayyox kunning oxirida xisoblab gidga dollarda qaytaradi. Bu ish shar’an halolmi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Gid bergan narsa qarz hisoblanadi. Qarzni olishda sarflagan so‘mini so‘rash kerak. So‘mning evaziga dollar bersa ham joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat