Tahorat va g‘usl

Assalomu alaykum! Allohga shukr ayolim bilan har doim Payg‘ambarimiz Sollallohu Alayhi Vasallamning sunnatlarini bajarishga harakat qilamiz. Har kuni ertalab uyqudan turganda va kechasi yotishdan avval tahorat olib, Payg‘ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallam sunnatlarida kelgan duo va suralarni o‘qib yotamiz. Lekin ko‘pincha ayolim bilan jinsiy aloqadan so‘ng yana tahorat olib yotib, ertalab bomdod namozidan oldin turib g‘usl qilamiz. Shunday holatda ham tahorat olib yotganning savobini olamizmi? Chunki jinsiy aloqadan so‘ng 1-2 daqiqa o‘tkazib bavl qilib darrov g‘usl qilib sochiqda artinayotganda zakarda qolib ketgani yana chiqadi. Shunday holatda ham g‘usl mukammal hisoblanadimi yoki yana qaytadan g‘usl qilish vojib bo‘ladimi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 164 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar