Tushdan xalos bo‘lish (javobingizga muhtojmiz)
Assalomu alaykum! Yosh ayolning iltimosiga ko‘ra beryapman. "11 yoshli qizim ko‘pincha uyqusida qattiq qichqirib hammamizni qo‘rqitib uyg‘onadi. Tushimda it ko‘rdim deydi, uni necha marta o‘qitganmiz ham. Ko‘pincha bu tushlarni tong paytida ko‘radi. O‘zim ham o‘qiyman, oilamizda dinga qodir bo‘lganimizcha amal qilinadi, qizimga ham duolar, kalimalar yodlataman. Tibbiyot tarafidan sog‘lom. Ammo bu hol yo‘qolib ketmayapti, oxir farzandimni bundan qanday qutqarishni bilmay shu erga savol berishga majbur bo‘ldim. Bunday hollarda amal qilinadigan biror amal bormikin? Bo‘lsa biror maslahat bera olasizmi? deb ilm ahllaridan so‘ramoqchi edim. Javobingizga juda muhtojmiz". Savollarimizga ajratayotgan vaqtingiz uchun katta rahmat, Alloh vaqtingizga baraka bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ertalab va kechqurunda 11marta salovat, keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib, dam solish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 167 | Bola tarbiyasi