Dollar vaqt
Assalomu alaykum! Bir akam bilan dollarni so‘mga ayirboshlashga kelishtik u so‘mni olib dollarim yonimda kamrog‘akan siz so‘mni to‘liq bervuring men dollarni qolganini tahminan 2-3 kun ichida olib kelib beraman dedi deylik. Biz summasini kelishib bo‘ldik deylik. 2 - 3kundan keyin dollar oshsayam tushsayam men unga hech narsa demayman o‘sha qolib ketkan dollarni keyinroq berishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Bir pul birligini boshqa pul birligiga almashtirish sarroflikdir. Sarroflik durust bo‘lishi uchun evazlar darhol topshirilishi shart. Evazlar topshirilmay majlis buzilsa yoki nasiya qilinsa bitm fosid bo‘ladi va pul bergan tomon o‘z pulini qaytarib olishi shart bo‘ladi. Agar evazlarning bir qismi darhol berilgan bo‘lib, boshqa qismi berilmay majlis o‘zgargan yoki nasiya qilingan bo‘lsa berilgan qismining savdosi durust, qolgani fosid. Vallohu a’lam!
1 Oktabr 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar