Meva olib sotish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni bir tanishim bozorda meva olib sotadi. U bog‘lardan mevani hali uzmasdan, turishicha (do‘ngibay) baho qilib olsa bo‘ladimi? Masalan 4 milyonga olsa uni uzib kilosini tortgandan keyin 6 milyonlik chiqishi ham mumkin shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mevani daraxtning ustida turgan holatida chamalab “turishini faloncha so‘mga oldim” deb sotib olish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar