Taxoratdagi duo

Assalomu alaykum! Yaqinda bitta ma’ruzada tahorat olayotgan paytda osmonga qarab “Allohumma solli ala sayyidina muhammad” desa jannatni xohlagan eshigidan kiradi deyilgan. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagidek duo kelgan. عَنْ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ يَتَوَضَأُ فَيُحْسِنُ الْوُضُوءَ، ثُمَّ يَقُولُ حِينَ يَفْرُغُ مِنْ وُضُوئِهِ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ، إِلَّا فُتِّحَتْ لَهُ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ الثَّمَانِيَةِ، يَدْخُلُ مِنْ أَيِّهَا شَاءَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ: اللَّهُمَّ اجْعَلْنِي مِنَ التَّوَّابِينَ وَاجْعَلْنِي مِنَ الْمُتَطَهِّرِينَ  Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar sizlardan birortangiz tahorat olsa-yu, tahoratini yaxshilab qilsa, so‘ngra, tahoratidan forig‘ bo‘lishida: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu», deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochilur va u xohlaganidan kirur», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Termiziy esa:
«Allohumma ij’alniy minat tavvabiyna va ij’alniy minal mutatohhiriyn»ni ziyoda qilgan.
Duoning ma’nosi: «Allohim, meni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qilgin». ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar