Homiladorlikda nomoz

Assalomu alaykum! Man homiladorligim sababli ba’zi hollarda charchaganim yoki holsizlik tufayli namozni qiroat, rukularni turgan holda sajdani esa stulga o‘tirgan holda o‘qiyman. Homilam 7 oydan oshgan, shunaqa tarzda namoz o‘qisam bo‘ladimi yoki to‘liq holda sajdaga borishim kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar homila sajda qilishga qattiq noqulaylik qilayotgan bo‘lsa namozni tik turib boshlab muyassar bo‘lganicha o‘qishingiz kerak. Chunki qiyomga qodir bo‘lgan kishiga o‘tirib o‘qish joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar