Namozning xar bir rakati
Assalomu alaykum!Barchammizga Alloh 2 dunyo saodatini bersin deb savolimni bersam; Bir sahoba namoz vaqtida Payg‘ambarimiz salAllohu alayxi vasallamga "Ey Allohning rasuli men xamma vaqt namoz o‘qiganimda zam suradan so‘ng "Ixlos" surasini o‘qimasdan shu rakatni tugatmayman. Meni bu harakatim nojoiz emasmi" deb so‘raganlarida Payg‘ambarimiz salAllohu alayxi vasallam javob bermay namoz boshlagan ekanlar. Namozni ado etishgach yonlarida turgan sahobaga "Senga Allohning mujdasi bo‘lsin, sen bu qilayotgan amaling bilan jannatilardan bo‘lding..." degan ekanlar. Ushbu savol avval savol ichida savol tarika berilgan ekan lekin aynan shunisiga javob bermay umumiy oxirgi nuqtadagi savolga javob bergan ekanlar, Hazratimiz. Ushbu saxoba o‘qiganlari qatori namozimmizga biz xam o‘rnak qilsak bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Chunki u sahobaning holatini g‘alabatul hol deyiladi. G‘alabatul hol deb insonda beixtiyor sodir bo‘ladigan holatga aytiladi. Bu holatda ular uzrli hisoblanishib, ammo ularga ergashilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 165 | Namoz