Qazo namozdagi bidat

Assalomu alaykum! Men ba’zan nuqsonga yo‘l qo‘yib namoz vaqtini o‘tkazib yuborganimda avvalgi qazo namozlarini o‘qish uslubida shu namozni ertanggi vaqtida qazoni ado qilaman va qo‘ldan kelgancha ziyoda ham qilaman. Savolim bu yomon bid’at emasmi.2) shom vaqtida avvobiynni 6 rakat o‘qishim avvalgi shom qazolariga o‘tadi deb o‘ylayman, bu xato emasmi. Xato bo‘lsa 3 rakatlik shomning avvalgi qazosi qanday bajariladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qazoni esga tushishi bilanoq o‘qib olishga shoshilish kerak. Ertasi kungi o‘sha namoz vaqtida o‘qisa ham durust. Bu bid’at emas.2). Xato o‘ylabsiz. Shomning adosi qanday o‘qilsa qazosi ham shunday o‘qiladi. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 08:02 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar