Arafadagi ruza

Assalomu alaykum! Bizning tomonlarda arafa kuni tushdan so‘ng turmush qurmagan yoshlar ro‘zasini ochib yuborish (qasddan, albatta) odati bor. Agar shunday qilsa baxti ushlanib qolarkan. Bu bid’atmi? Bid’at bo‘lsa ro‘zasini qasddan ochgani uchun kafforot tutadimi? Oldindan raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gap din dushmanlarining gaplari bo‘lib, bu kuni qasddan ochganlar bir kun qazo va 60 kun kafforat tutishlari shart. Shuningdek bu gaplarni aytuvchilar iymoniga ehtiyot bo‘lsinlar. Chunki Alloh taolo ramazon ro‘zasini, shuningdek arafa kunining ro‘zasi ham subhdan to quyosh botguncha bo‘ladi – degan. Bu qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan. Qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan hukmni inkor qilish kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar