Munofiqlik haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Bizga berayotgan javoblaringiz uchun rahmat. Agar savolim cho‘zilib ketsa siz azizlarni vaqtlaringizni olganligim uchun alloh yo‘lida uzr so‘rayman. Meni bir savol doimo tashvishga soladi, «o‘zi men iymonlimanmi yoki munofiqmanmi» deb o‘ylab qolaman. Negaki ko‘p hollarda bilib bilmay ko‘p xato qilib qo‘yaman, ba’zan o‘zim hohlamagan holda yalg‘on gapirib qo‘yaman, ba’zan bilib bilmay vadamda turolmay qolaman, va yana ba’zan o‘zim hohlamagan holda gunoh ishlarni qilib qo‘yaman. Lekin gunoh ish qilganimni bilib qolsam istig‘for aytishga shoshilaman, namozimni ham faqat Alloh yo‘lida o‘qiyman, iloji boricha birovni g‘iybat qilmaslikka harakat qilaman, birovni birovga chaqmaslikka intilaman, inson bolasiga ziyon zahmat etkazmaslikka tirishaman, boshqa mahluqotlarga ham, ko‘proq diniy tarbiyaviy risolalar o‘qishga harakat qilaman, ihli ilm odamlari bilan o‘tirishni ul zotlarni nasihatlarini eshitishga harakat qilaman, lekin ko‘pda bunga sharoitim to‘g‘ri kelmaydi. Iloji boricha riyo qilishdan saqlanaman, lekin gohida riyo qilib qo‘ymadimmikan deb qo‘rqib ham ketaman xullas o‘zimni o‘zim umuman tushunolmayman, ko‘pda ozimdan o‘zimni ko‘nglim to‘lmay yuradi, umuman olganda umuman «munofiq» lardan bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Ustozlar menga maslahat beringlar men qanaqa insonman o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sahoba roziyallohu anhumlar ham hamma vaqt shuning xavfida bo‘lganlar. Bu bir jihatdan yaxshi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar