Ateistning iddaosi

Assalomu alaykum! Qur’oni Karimning har bir xarfi xaq ekanligiga shubxa qilmagan holda, sizga ateist tomonida iddaoni yozmoqdaman. Unga ko‘ra: Arrohman surasida 22 oyat daryo va dengiz orasidagi to‘siq borligi va u 2 sida xam yoqut va marjonlar borligini xisobga olib, bu xato deb iddao qilmoqda. Sababi marjon (korall) faqat sho‘r suvda yashay oladi. Chuchuk suvda yashay olmas ekan. Shunga raddiya sifatida so‘ramoqchiman, marjon bu aynan korallmi? Shu mavzuda ilgari biror ilmiy ish uchratmaganmisizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyati karimadagi منهما - “u ikkisidan” jumlasidan murod منمجموعهما - “ikkisining jamlanmasidan” deganidir. Shunga ko‘ra, ikki dengizdan biror-biridan dur va marjon chiqsa jumla to‘g‘ri bo‘laveradi. Boshqa bir oyati karimada ham huddi shu uslub ishlatilgan: “Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan Payg‘ambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo‘lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?” (An’om surasi 130-oyat). Ushbu oyatda رسلمنكم - “o‘zingizdan bo‘lgan Payg‘ambarlar” deyilmoqda, ammo payg‘ambarlar faqat bashardan bo‘lishgan, jinlardan emas. Yuqoridagi kabi ma’no iroda qilingani tufayli ushbu oyatdagi jumla ham to‘g‘ri hisoblanadi. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 09:00 | Savol-javoblar | 0 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar