Tush ko‘rish xaqida

Assalomu alaykum! 1. Abu Hurayra roziyallohu anhuning aytishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemor bo‘lib qolganlarida yoronlari huzurlariga kelib: «Siz bizga yaxshi ishlardan xabar berar edingiz, endi esa, Alloh o‘zi asrasin, ajal kelib qolsa, bizga kim xabar beradi, din ishida va choralar borasida qaerdan xabar topamiz?», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Vafotimdan so‘ng vahiy kelishi to‘xtaydi, ammo bashorat to‘xtamaydi», dedilar. «Bashorat nima?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bashorat) yaxshi odamning tush ko‘rishi yoki u haqida boshqa odamning tush ko‘rishi», dedilar. Bu hadis sahihmi? 2. Men tushimda 2-3 martadan buyon qabr kovlayman. Aslida hayotda bu ishni qilganman, lekin tushimdagi bu ishimni ta’birini bila olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Sahih.
2). Biz tush ta’birini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar