Namozda qunut

Alhamdulillah wassolatu wasssalamu ala rosulillah. Shayx Hazratlari, sizga va siz boshchiligingizda xizmat qilayotgan jamoa a‘zolariga Allohning rahmat va marhamatini tilagan holda, quyidagi savollarni bermoqchiman.Avvalo, shuni aytmoqchimanki, ushbu savollarim bilan men fitna qo‘zish niyatim yo‘q. Agar fitnaga sabab bo‘lishining ehtimoli bo‘lsa, shu boisdan javob berilmasligini ta‘kidlasangiz men uchun kifoya. Men faqatgina o‘z fikrlarimni tasdiq yoki inkor topishini istardim.Men Islom.uz saytidan Fiqh rukni Namoz bo‘limidagi "Namozda qunut" maqolasini o‘qib chiqdim. Va bir ikkita narsaga tushunmay qoldim.1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan deb berilgan ikkinchi hadisning sharxida aytilishicha payg‘ambarimiz s.a.w Muzar qabilasi ziddiga Bomdot namozlarining oxirgi raka‘tlarida Qunut o‘qiganlar. Lekin keyinchalik bu narsa oyat orqali nasx qilingan. Va maqolada yana ta‘kidlanishicha Hanafiy hamda Molikiy mazhablari Imom Abu Dovudning Xolid ibn Abi Imrondan rivoyat qilgan hadislarini dalil sifatida keltiradilar. Biz bu Qunutni yoshligimizdan o‘qib kelamiz. Savolim, Jabroil alayhissalom ushbu Qunutni o‘rgatganlarida Rasuli Akram s.a.w qaysi namozda qoim bo‘lganlar: Bomdotdami yoki Vitrda?2. Mening tushunishimcha Hanafiy mazhabi Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisni ham inkor qilmaydi. Demak, biz ham o‘sha hadisda rivoyat qilingan duoni Qunutda o‘qisak bo‘ladimi? Agar ikkala rivoyatdagi duolarni qo‘shib o‘qisakchi?3. Shariatda Qunut yomonlikni da‘f qilish yoki yaxshilikni chaqirish uchun o‘qiladi deb aytildi. Va yana tushunishimcha Qunutni jahriy ya‘ni Bomdot va Shom vaqtlarida farz namozining oxirgi raka‘tida o‘qiladi. Demak, mo‘min kishi agar boshiga biror og‘irlik tushsa, Bomdot yoki Shom namozlarida Qunut o‘qishi mumkinmi? Yoki namozi buzilib qolishi mumkinmi? Qanday qonun-qoidalari bor?Umid qilamanki, savollarim sizni ranjitmaydi.Javoblaringiz uchun oldindan minnatdorman. Duo qiling Shayx Hazratlari bizlardan va bizning zurriyodlardan ham siz kabi olimlar, haqiqiy ilm egalari etishib chiqishligini Alloh nasib qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Har kim o‘z mazhabidagi ko‘rsatmaga amal qilgani ma’qul.

1 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar