Harom tovuq go‘shti bor ovqatni suvini o‘zini ichish
Assalomu alaykum! Bir oilaning qiz farzandiman. Ro‘zg‘orga aralasholmayman. Uydagilar olib kelgan narsalaridan ovqat pishiraman. Muammo shundaki, bizning katta oilada hamma qarindoshlar ham din ahkomlariga to‘liq rioya qilishmaydi, afsus. Onam bilan tushuntirsak ham naf yo‘q. Shu sabab harom narsalar ham ro‘zg‘orga aralashadi. Masalan, hozirgi bozor va supermarketlarda sotilayotgan tovuq go‘shti. Ular qay tarzda o‘ldirilayotgani sir emas. Biz “bismillah” bilan so‘yilganlari ham sotuvda bor, o‘shalarni olinglar deymiz, ammo hali undayidan sotib olishmadi. Har safar tovuq go‘shtidan ovqat pishirayotganimda qiynalaman. O‘sha harom aralashgan taomni men pishirib ularga tortayotganimdan. 1) Men va onam tovuq go‘shtini ajratib taomning qolganidan tanovvul qilamiz. Shunday qilsak ichimizga harom luqma tushishidan o‘zimizni saqlagan bo‘lamizmi? 2) Shu kabi harom luqma aralashgan taomlarni pishirishimda gunohkor bo‘lamanmi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Go‘shti solinganidan keyin taomning qolganini ham nopok qiladi. 2). Majbur yoki majbur emasligingizni siz o‘zingiz hal qilasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Go‘shti solinganidan keyin taomning qolganini ham nopok qiladi. 2). Majbur yoki majbur emasligingizni siz o‘zingiz hal qilasiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom