Umraga maxramsiz borish

Assalomu alaykum! Onam bilan katta opam Umra ziyoratiga borishni niyat qilishdi, Onamlani yoshlari ulug‘ bo‘lgani sababli menga biz bilan birga borib kel deb taklif berishyapti. Meni xam anchadan beri borish niyatim bor. Lekin meni to‘xtatib turgan narsa quydagilar: biznesim uchun uzoq muddatga kreditga joy sotib olganman va o‘z vaqtida kreditimni to‘lab boryapman, o‘z extiyojlarim va ishim uchun kreditga moshina olganman uni xam o‘z vaqtida to‘lab boryapman (ikkalasiga xam kredit olyapganimda zalog qo‘yganman). va azgina opamning eridan qarzim bor. Shu qarzlarim bo‘la turib man umra ziyoratini amalga oshirishim mumkinmi? 2 Onam bilan opam maxramsiz umraga borishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Pochchangiz ruxsat bersa borishingiz mumkin. 2). Mahramsiz borishmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 551 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar