Ustozdan iltimos va duo ilinjida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz din yo‘lidagi ishlarizdan Alloh rozi bo‘lsin. Ustoz, sizdan bitta iltimosim bor. Biz oilaviy Rossiyadamiz. Otam, akam, men namoz o‘qiymiz. Ishda ishlaganimizga otam peshinni ishda o‘qimaydilar (ishdagi sherigim norozi bo‘lmasin, norozi bo‘lsa namozim qabulmas deydilar). Sizni juda hurmat qiladilar. Uztoz, shu otamga namoz farzligi, ishdayam o‘qilish kerakligi haqida javob yozsangiz. Sizni javobingizni o‘qib inshaalloh besh mahal namozni o‘z vaqtida o‘qisalar. Ustoz, sizdan iltimos haqqimizga duo qiling. Onajonimiyam Alloh namozga boshlasin. Akam va men Allohni kitobini Alloh roziligi uchun yodlamoqchimiz, haqqimizga duo qiling iltimos. Alloh O‘zi hammamizda rozi bo‘lsin. O‘zini rozi qiladigan ilm bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozni tark qilishga hech qanday uzr yo‘q! Alloh taolo tilganingizdan afzalini bersin!

26 May 2022, 19:15 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar