Eri ayolini onda sonda bo‘sayam ko‘cha aylantirgani opchiqsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Erkak kishi ko‘chani odami. Ko‘chada yuradi, ishlaydi, pul topadi o‘rtoqlari bilan choyxonada, xullas ko‘chaga chiqqandan keyin nima xohlasa shuni qilib uyga keladida ota-onasini xizmatini qilib, duosini olayotgan, uyiga, bolalariga chiroyli qarab, hamma narsani joy-joyiga qo‘yib eplab o‘tirgan xotinini ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermaydi. “2, 3 yilda 1 martta bo‘lsayam erim, bolalarim bilan sayrga chiqsam qaniydi” degan kelinlarni son-sanog‘i yo‘q. Bozorga, bolalarni bohchaga, maktabga oborib opkelishga ruxsat yo‘q. “Ko‘chaga chiqsang seni hamma ko‘radi. Senga hamma qaraydi” deyishadi. Avaylab, asraganlariga shukur. Lekin odamlarning e’tiborini tortmaydigan rangdagi kiyim, hijobda ro‘molniyam katta qilib o‘rab ham ko‘cha chiqishga ruxsat yo‘q. Taqvodor erlarga onda-sonda opchiqing desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot ayollarni g‘azotga olib ketar edilar. Kechqurunlari sayrga olib chiqar edilar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا خَرَجَ أَقْرَعَ بَيْنَ نِسَائِهِ، فَطَارَتِ الْقُرْعَةُ لِعَائِشَةَ وَحَفْصَةَ، وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا كَانَ بِاللَّيْلِ سَارَ مَعَ عَائِشَةَ يَتَحَدَّثُ، فَقَالَتْ حَفْصَةُ: أَلَا تَرْكَبِينَ اللَّيْلَةَ بَعِيرِي وَأَرْكَبُ بَعِيرَكِ تَنْظُرِينَ وَأَنْظُرُ، فَقَالَتْ: بَلَى. فَرَكِبَتْ، فَجَاءَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى جَمَلِ عَائِشَةَ وَعَلَيْهِ حَفْصَةُ فَسَلَّمَ عَلَيْهَا، ثُمَّ سَارَ حَتَّى نَزَلُوا وَافْتَقَدَتْهُ عَائِشَةُ، فَلَمَّا نَزَلُوا جَعَلَتْ رِجْلَيْهَا بَيْنَ الْإِذْخِرِ وَتَقُولُ: يَا رَبِّ سَلِّطْ عَلَيَّ عَقْرَبًا أَوْ حَيَّةً تَلْدَغُنِي، وَلَا أَسْتَطِيعُ أَنْ أَقُولَ لَهُ شَيْئًا  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam (safarga) chiqsalar, ayollari orasida qur’a tashlar edilar. (Bir safar) qur’a Oisha bilan Hafsaga tushdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kechasi bo‘lsa, Oisha bilan birga gaplashib ketardilar. Hafsa: «Bu kecha mening tuyamni minib olmaysanmi? Men sening tuyangni minib olaman. (Sen men ko‘rayotgan narsani) ko‘rasan, men ham (sen ko‘rayotgan narsani) ko‘raman», dedi. U: «Mayli», dedi va minib oldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaning bo‘rasining oldiga keldilar. Uning ustida Hafsa bor edi. Unga salom berdilar. Keyin to‘xtaguncha yo‘l yurdilar. Oisha u zotni qidirib qoldi. To‘xtashgach, ikki oyog‘ini izxir* orasiga suqib: «Ey Robbim, menga bir chayon yo ilon yuborki, meni chaqsin. U zotga hech narsa deya olmay qolayin», dedi».

* Izxir – Hijoz erlarida o‘sadigan mashhur xushbo‘y o‘simlik. ("Oltin silsila" kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar