Paypog‘iga masx tortgan imom

Assalomu alaykum! Musofirman. Imom Shofe’ rahimahulloh mazhabidan imomlikka o‘tgan kishiga ergashib namoz o‘qidik. Namozdan keyin bizni mazhab, ya’ni imom A’zam rahimahulloh mazhabidan bir qancha kishi namozni qayta o‘qiylik deyishdi. “Sababi imom tahorat olayotib paypog‘iga mash tortadi ko‘rganmiz” deyishdi. Shu imomga ergashib o‘qigan namozimiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Durust emas. Imomga aytib ko‘ringlar, sizlarni so‘zingizni e’tibor olsa iqtido qilinglar. Masala aytishga o‘tsa mutlaqo iqtido qilmanglar. To‘rttala mazhabda ham hozirgi kundagi paypoqlarga mash tortish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.https://fiqh.uz/maqola/678

25 May 2022, 22:54 | Savol-javoblar | 129 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar