Ayanchli holatda shar’iy yo‘l

Assalomu alaykum! Xotin - muslima ayol, ibodatda, hijobda va uyda qo‘l mehnati bilan ro‘zg‘or qiladi. Er - ibodatda emas, mast qiluvchi ichimliklar ichadi va ro‘zg‘or qilmaydi. Hozirda muslima ayol bo‘yiga etgan qizi bilan otasining uyiga ketib qolgan. Bo‘yiga etgan qiz agarda yana o‘sha uyga qaytib borilsa, o‘z joniga qasd qilishini aytyapti. Bunga sabab otaning o‘z qizining nomusiga turli yo‘llar bilan doimiy tegajonlik qilishi sabab bo‘lyapti (Na’uuzu billahi min zaalik). Ota (agar shu nomga loyiq bo‘lsa) o‘z qilmishlaridan umuman pushaymon emas va o‘z ayoliga talog‘ini bermayapti. Qizning onasi o‘z qizi uchun o‘ta havotirda, chunki er uyiga yana qaytib borilsa bundan battarroq bo‘lishidan qo‘rqyapti va ahli ilmlardan bunday holatda shar’iy maslahat berishlarini so‘rayapti. Muslima ayolning eri bilan yashagisi yo‘q, chunki bu holat juda ham ko‘p takrorlangan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yashamaslikka ixtiyori bor. Agar qiziga shahvat bilan qo‘l tekkizgan bo‘lsa er xotin abadiy birga yashashlari joiz emas. Albatta talog‘ini olish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar