Sumalak halolmi

Assalomu alaykum! Ba’zida sumalak pishirguncha katta yoshdagi onalarimiz, momolarimiz har xil niyat va shirkka oid duolar qilishganini eshitib qolamiz. Bu sumalakni eyish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sumalakni oddiy bir taom darajasidan ko‘tarish, qaysidir to‘qima rivoyatlarni unga nisbatini berish, tayyorlayotib niyat qilsang niyatinga erishasan deb umidini unga solinadigan toshlarga bog‘lash, shar’an mutlaqo joiz emas. Oddiy bir taom deb pishirishni va eyishni hech qanday zarari yo‘q. Chekka joylarda sumalakni kimlargadir atab, nazr ham qilib yuborishadi. Bunchaliklari joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:57 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar