Taqdirdan nolish
Assalomu alaykum! Taqdirdan nolish, ya’ni Alloh bir dard yoki musibat bersa “Nega bunday qilding?, Nega menga berding?”, deb aytsa yoki ichida aytib yig‘lasa kofir bo‘ladimi? Men duduqlanib gapiraman. Hozir yoshim 19da. “Ey Allohim nega meni bunday yaratding? Meni ham boshqalar kabi yaratsang bo‘lmasmidi?”, deb aytardim. Shu kabi gapni aytsa iymonidan ayriladimi yoki gunohqor bo‘lib qolaveradimi? Qanday duoni o‘qisam tilim duduqlanmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘ladi. Chunki insonga kirgan zirapchasiga ham savob bor. Agar siz sabringiz uchun oxiratda oladigan savobni bilganingizda edi, bundan battariga ham rozi bo‘lgan bo‘lar edingiz. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu ettita hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar