Noto‘g‘ri tushunmadimmi?
Assalomu alaykum! https://savollar.islom.uz/s/73723 likdagi javobni o‘qib o‘ylanib qoldim. Javobda "31. Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar. Erlaridan, yo otalaridan, yo erlarining otalaridan, yo o‘g‘illaridan, yo erlarining o‘g‘illaridan, yo aka-ukalaridan, yo aka-ukalarining o‘g‘illaridan, yo opa-singillarining o‘g‘illaridan, yo ayollaridan, yo o‘z qo‘llarida mulk bo‘lganlardan, yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilardan, yo ayollar avratining farqiga bormaydigan yosh bolalardan boshqalarga ziynatlarini ko‘rsatmasinlar. Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki, zafar topsangizlar». Vallohu a’lam!" - deyilgan. Bu bilan "yuqorida sanab o‘tilganlariga ziynatlarini ko‘rsataversinlar" degan ma’no chiqmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Ayol kishi o‘zining otasiga, o‘g‘liga, o‘zining aka-ukasiga(erining emas), aka-ukalarining o‘g‘illariga, ya’ni o‘zining jiyanlariga(erining jiyanlariga emas) ko‘rsatsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 163 | Ayollarga oid masalalar