Aroq ichuvchilar

Assalomu alaykum! Ota onam joxiliyatdan xech chiqishmayabdi. O‘zim alxamdulillax 5 vaqt nomoz o‘qiyman. Madrasada o‘qiyman. Aroq ichuvchi va ular bilan birga o‘tirish teng sherik bo‘lib gunox ekanligini bilaman. Oilada 2ta farzandmiz ukam kelinim ko‘p ota onam oldiga kelib oila davrasida aroq ichishadi. Men ko‘p marta qarshilik ko‘rsatib ichmasligini aytardim. Lekin hozirgi paytlar ular ichishsa bir o‘tirmay boshqa xonaga kirib ketardim. Kecha yana shu xolat takrorlandi, men ovqat so‘zilgan aloxida bolalarim bilan boshqa xonada edik. Lekin kelinim buni tushunmay urush chiqardi. Qisqasi xamma bir biri bilan urushdi xamma mast edi. Men ikki yo‘lda qoldim, ota onam aroq ichishini tashlashi uchun duo qilib Allohimdan so‘rayman. Savolim: Ular bilan oila a’zolarim bilan aroq ichishsa xam ko‘ngliga qarab bitta dasturxonda o‘tirsam bo‘ladimi? Onamga ichmasligi uchun ko‘p marotaba qattiq gapirayabman shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Keliningiz va ukangizga bu masalada dadil-dadil gapiravering. Ammo onangizga qattiq gapirmang. Bir marotaba aytsangiz qabul qilmadilarmi, boshqa indamang. Oilaning boshqa a’zolarini bu harom narsadan qutultira olsangiz onangiz ham o‘z-o‘zidan bu illatni tashlaydi. عن جابر رَضِي اللهُ عَنْهُ أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال من كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يقعد على مائدة يدار عليها الخمرJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa unda xamr aylantiriladigan dasturxonda o‘tirmasin”,dedilar. 
Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 09:40 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar