Ro‘za tutish vaqti

Assalomu alaykum! Bir tanishim saharlikka tura olmasdan uxlab qolibdi. Toshkent vaqti bilan og‘iz yopish kerak edi. Menga qo‘ng‘iroq qilib uxlab qolganini aytdi. Men unga Nukus vaqti bilan saharlik qilib, iftorlik qilishni maslahat berdim. Shu bir kunga meni fikrim to‘g‘rimi yoki gunoh ish qilib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz mutloq noto‘g‘ri aytibsiz. O‘sha tanishingiz sizni gapingizga kirmasdan hech narsa eb ichmaganida ro‘zasi durust bo‘lar edi. Siz gunoh ish qilgansiz. O‘sha tanishingiz qazosini tutib beradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar