G‘uslda og‘izni g‘arg‘ara qilmaslik
Assalomu alaykum! G‘uslning farzlaridan birinchisi - og‘izni yaxshilab (g‘arg‘ara qilib) chayish kerakligi haqida o‘qidim. Shu vaqtgacha og‘iz bo‘shlig‘ini o‘zini chayib, burunni achishguncha yuvish bilan g‘usl qilardim. G‘arg‘ara qilmaganligim shu vaqtgacha to‘liq poklanmaganimni bildiradimi? Namozlarim qayta o‘qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘arg‘ara afzal, farz emas. Og‘izni chayishning o‘zi bilan ham farz ado bo‘ladi. Xuddi shuningdek burunni achishtirib chayish afzal, burunni o‘ziga suv olib chayish ham farzga kifoya qiladi. Hatto ro‘zadorga g‘arg‘ara ham, burunga achishadigan darajada suv olish ham man qilingan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat