Mayyitni yuvishda yuzi qaysi tarafga qaratiladi

Assalomu alaykum! Jizzax viloyatidanman. Mayitni yuvishda uning oyog‘i qaysi tomonga qaratilib yuvilishi kerak va boshi qaysi tomonga qarab turishi kerak? Oyoqlari shimol tomongami yoki janub tomonga qarab yotqizilib yuvilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oyog‘i qiblaga qaramasa bo‘ldi. Alloh keng qilib bergan narsani toraytirish kerak emas. Bu tortishib o‘tiradigan ish emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:00 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar