Allohdan umidimni uzyapman

Assalomu alaykum! Meni birorta qilgan duolarim ijobat bo‘lmaydi! Shuncha Xudodan bir kichik narsani so‘ragandim bermadi. Kundan kunga Allohning yordamidan umidim uzilib boryapti. Biror ish qilmoqchi bo‘lsam, chin dildan duo qilaman, lekin ishim chappasiga ketyapti. Namozimni ham o‘qib borardim. Har kuni Allohni ko‘p zikr qiluvchilardanman. Hech qanday natija yo‘q. Xuddiki, Alloh va men o‘rtasidagi aloqa rishtasi uzilgandek. Ikki, uch yildan beri duo va xohishlarim qabul va ijobat bo‘lmayapti. Rosti Allohdan umidimni uzib boryapman. Menga yordam bering. Allohdan qo‘rqayapman. Uni azobidan qo‘rqaman. Shuni uchun sizlarga murojaat etyapman. Iltimos, yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikki payg‘ambar Muso va Horun alayhimassalom duo qilishdi. Duolari 40 yildan keyin ijobat bo‘ldi. Inson ertalab don eb, kechqurun tuxum kutadigan tovuqqa o‘xshamaslik kerak. Alloh nima qilsa hikmat bilan qiladi. Balki o‘sha bermagani siz uchun yaxshidir. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/661

25 May 2022, 23:00 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar