Faqat Allohga ayon narsa
Assalomu alaykum! Bir hadisda 5 narsani faqat Alloh bilishi aytilgan. Biri yomg‘ir qachon yog‘ishi. Yana biri farzand o‘g‘il yoki qiz tug‘ilishi ekan. Ammo hozirda sinoptiklar katta aniqlik bilan aytyaptiku, ertaga kechga yomg‘ir yog‘adi desa yog‘yapti. Tibbiy apparatlar homilaning o‘g‘il yoki qizliginiyam bilib beryapti. Bu holatlar qanday izohlanadi? Savolda xatolar bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). https://savollar.islom.uz/s/2941 2). Homilani ko‘rinadigan va bilinadigan ba’zi narsalarini ko‘rsatadi va taxminan aytishadi xolos. Uni kelajakda kim bo‘lishi, baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi, qancha umr ko‘rishi kabilarni Allohdan o‘zga hech kim bo‘lmaydi. Yomg‘irni qancha yog‘ishini, aniq qaerga yog‘ishini bilisholmaydi. Faqat yomg‘ir shu tomonga qarab harakatlanayotganini bilishi mumkin xolos. Sizni gapingizni e’tiborga oladigan bo‘lsak, birortasi homilador bo‘lsa ko‘rinib turgan alomatlaridan siz bilan biz ham qornida bolasi bor deyishimiz mumkin. Ular maxsus uskunalar orqali bizdan ko‘ra ko‘proq ma’lumot aytishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar