Dayuslar xaqida

Assalomu alaykum! Men bir xadis eshitgandim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan ekanlarki “Shunday zamon keladiki 5 mahal namoz o‘qishadi Masjidda old safda namoz o‘qishadi lekin ayoli hijobsiz qizi hijobsiz bo‘ladi ular do‘zaxga tushadi” degan. Mazmunda xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynan shunday lafzda hadis topilmadi. Dayuslikning og‘irligi borasida ushbu rivoyatlar vorid bo‘lgan:
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamlar jannatga kirmaydilar: ota-onasiga oq bo‘lganlar, dayuslar, erkakshoda ayollar».
(Nasoiy, Bazzor, Hokim rivoyati).
Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamlar hech qachon jannatga kirmaydilar: dayuslar, erkakshoda ayollar, xamr (mast qiluvchi narsa)ga mukkasidan ketganlar», dedilar. «Yo Rasululloh, xamrga mukkasidan ketganni, bilamiz. Dayus kim?» deb so‘rashgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ahlining huzuriga kim kirayotganiga parvo qilmaydigan kimsa», deb javob berdilar. «Erkakshoda ayol kim?» deb so‘rashgan edi: «O‘zini erkaklarga o‘xshatadigan ayol», dedilar». (Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 14:48 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar