"Vatanni sevmoq iymondandir" hadisining roviysi kim?
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari."Vatanni sevmoq iymondandur!" hadisi, qaysi sahobadan rivoyat qilingan?Mazkur hadis mashhur hadismi yoki zaif hadismi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kitob o‘qish kerak! Kitob o‘qish kerak! Kitob o‘qish kerak! Kitob o‘qiganlar o‘n yil avval bilib olgan oddiy haqiyqatni siz savol deb ko‘tarib yuribsiz. Mening vaqtim, zehnim, ishimni zoe qilib, avval o‘tgan narsani yana takrorlashimiga majbur qilmoqdasiz.“Hadis va Hayot” kitobining birinchi juzida bu haqda quyidagilar yozilgan:“...har bir musulmon hamma narsani hadis, deb qabul qilavermasligi kerak. Balki biror narsani hadis, deb aytishdan oldin uni yaxshilab tekshirib ko‘rish lozim. Ulamolarimiz xalq ichida hadis deya e’tiqod qilinib, aytilib yurgan ko‘pgina gaplar aslida hadis emasligini isbot qilganlar. Masalan, ko‘pchilik orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» degan gap hadis deb tushuniladi, aytiladi va yoziladi. Lekin biror kishi uni kim rivoyat qilganini, qaysi kitobda kelganini zikr qilmaydi. Aslida esa u gap hadis emas, islomiy hikmatlardandir”.
30 Aprel 2022, 14:12 | Savol-javoblar | 214 | Hadislar